Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Termiz tumani hokimi tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Termiz tumani hokimi tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov At-Termiziy oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda raqamli tibbiyot tizimlarining joriy etilishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida "Elektron poliklinika" axborot tizimi va boshqa raqamli yechimlarning amaldagi holati ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga aholi uchun qulay va sifatli tibbiy xizmatlarni ta’minlash, raqamli xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G.Shafoatova, K.Abdullayevalar ham ishtirok etdi. Tuman rahbari deputatlar bilan aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilib, mas’ullarga ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Slide 1 of 5