Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hudud aholisi tomonidan elektr energiyasi kuchlanishining pastligi sababli elektr ta’minotida quvvat yetishmovchiligi kuzatilayotgani va bu aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijasida mazkur hudud yaqinida yangi transformator mavjudligi, yangi beton elektr ustunlari o‘rnatilib, elektr uzatish tarmoqlari tortilgani inobatga olinib, ushbu transformatorni hududga 200–250 metr masofaga ko‘chirib o‘rnatish va amaldagi elektr tarmog‘iga ulash maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish, hudud elektr ta’minoti sifatini yaxshilash hamda transformatorni ko‘chirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4