Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Gulbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, muhim vazifalar belgilandi.

Gulbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, muhim vazifalar belgilandi.

Gulbahor mahallasida Termiz tumani markazidan 70 kilometr uzoqda, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari chegarasida joylashgan hudud hisoblanadi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi, 20-Gulbahor saylov okrugi deputat Soatmurod Nazarov ,Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov bilan birga ushbu mahallada 2-chorak davomida hududda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berildi. Unda aholining ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti, uy-joy hamda davolanish va boshqa masalalar yuzasidan bajarilgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida Mahalla hududida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta suv qudug‘i qazish, elektr energiya ta’minoti muammolarini hal etish, shuningdek, homiylarni jalb qilgan holda uysiz, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqaroga turar joy qurishga ko‘maklashish vazifalari belgilab olindi.

Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 9