Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Yangiobod mahallasidagi rekonstruksiya loyihasi o‘rganildi

Yangiobod mahallasidagi rekonstruksiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati O‘. Omonov, Kengash kotibiyati mutaxassisi T. Murodov hamda tuman hokimiyati mutaxassisi M. Abdullayev tomonidan Yangiobod mahallasi hududida joylashgan 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida maktab hududida 12×24 metr o‘lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 50 o‘rinli oshxona qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish jarayonlarini o‘z vaqtida boshlash, belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish hamda loyihani samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasi va sifatli ovqatlanish sharoitlari yaratilishi, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4