Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda deputat M. Shernayev tomonidan Kengashning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Ayritom mahallasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa "qizil" va "sariq" toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mahalla binosi yonida bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasini barpo etish zarurligi alohida ta’kidlanib, ushbu tashabbus mahalla aholisining, ayniqsa, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bolalar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish nuqtai nazaridan muhim ekani qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda parlament nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5