Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#dolzarb_90_kun 📌 “Dolzarb 90 kun” – yoshlar uchun keng imkoniyatlar!
янв.21
#deputatlik_faoliyati 📊2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
ADOLAT MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
🔥JAZIRAMA OSTIDA HAM FIDOYILIK BILAN XALQ XIZMATIDA!
янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonunlar_taqsimoti
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan doimiy
nazorat tadbirlari doirasida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida
xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni
kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj
ayollar bilan manzilli ishlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni
mustahkamlash hamda xotin-qizlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida
aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ehtiyojmand oilalar
bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik darajasi hamda
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan
kechirildi.


O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat
samaradorligini yanada oshirish, mahalladagi xotin-qizlar bilan manzilli va
tizimli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Aniqangan
kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosi
deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5