Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
PENSIYA TO‘LOVLARI JARAYONIDA FUQAROLARGA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🌿“SHOSHTEPA” MAHALLASINING OBOD VA ZAMONAVIY QIYOFASI E’TIBOR MARKAZIDA👇👇👇
янв.21
🧵MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR BILAN YAQINDAN TANISHILDI👇👇👇
янв.21
”OQTEPA” MAHALLASIDA QIZLAR UCHUN TO‘GARAK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun 💼MEHNAT KODEKSI – XODIM VA ISH BERUVCHI HUQUQLARINING KAFOLATI
янв.21
📚“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA YOSHLAR UCHUN MAZMUNLI MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
19-“QO‘SHCHINOR” SAYLOV OKRUGIDA QABUL O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
HUDUDDAGI ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA👇👇👇
Mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov, viloyat deputati G.Abdullayeva, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoronqul” mahallasidagi mavjud muammolar, xususan kanalizatsiya tarmog‘ini qurish masalasi yuzasidan mahalla raisi va hokim yordamchisi ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

🔺Muhokama davomida mahalla aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar atroflicha tahlil qilinib, ayniqsa kanalizatsiya tarmog‘ini qurish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, mazkur infratuzilmaning mavjud emasligi aholining turmush sharoitiga, sanitariya-gigiyena holatiga hamda atrof-muhit tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

🔺Suhbat davomida kanalizatsiya tizimini barpo etish uchun zarur texnik imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan axborotlar tinglandi. Muhokama yakunida deputatlar mazkur masalani nazoratga olishlar, uning yechimi bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishlarini ma’lum qildilar

Slide 1 of 3