Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

 MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Dadajonov tuman Kengashi doimiy
komissiyalari kesimida o‘ziga biriktirilgan tuman moliya va iqtisodiyot
bo‘limida bo‘lib, muassasa xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirini
o‘tkazdi.


Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, “MADAD” NNT tuman vakili
X.Qodirov ishtirok etdi.


Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-maydagi “Iste’mol
krediti to‘g‘risida”gi O‘RQ–33-son Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan
huquqiy normalar hamda iste’mol krediti munosabatlarini tartibga solishga
qaratilgan asosiy qoidalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


Xususan, qonunda iste’mol kreditini ajratish tartibi, kredit oluvchilarning
huquq va majburiyatlari, kredit shartnomalarining mazmuni, foiz stavkalari
hamda to‘lov shartlarining shaffofligi, shuningdek, iste’molchilarning huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid muhim normalar xususida atroflicha
ma’lumotlar yetkazildi.


Shuningdek, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kredit munosabatlarida
qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolarga to‘liq va ishonchli
axborot taqdim etish hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanishda mas’uliyatli
yondashuvni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, qonun
hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda sohadagi
huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3