Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2025-yil 7-apreldagi VII-8-54-8-113-K/25-son qarori asosida tashkil etilgan tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, axborotlar hamda qaror loyihalari ekspertlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi, ijro mexanizmlarining aniqligi hamda qabul qilinayotgan qarorlarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi amaliy ahamiyati yuzasidan ekspertlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni yanada takomillashtirish, qaror loyihalarining sifatini oshirish hamda ularning amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda hujjatlarni belgilangan tartibda xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5