Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Suvankulov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Boyovut tuman Kengashi raisi Sh.Bekqulov tomonidan "Ijodkor" mahallasida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida 2026-yilning o‘tgan olti oyi mobaynida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida olib borilgan ishlar muhokama etildi.

Ma’lum qilinishicha, "Ijodkor" mahallasida jami 820 nafar yosh istiqomat qiladi. Shundan 340 nafari yigitlar, 480 nafari qizlar, 28 nafari nogironligi bo‘lgan yoshlar, 24 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda 13 nafari ishsiz yoshlar hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida erishilgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan:
🔘 9 nafar yosh doimiy ishga joylashtirilgan;
🔘 3 nafar yosh muddatli harbiy xizmatga yuborilgan;
🔘 4 nafar yosh zarur mehnat qurollari va asbob-uskunalar bilan ta’minlanib, ularning bandligi yo‘lga qo‘yilgan;
🔘 8 nafar yosh o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan;
🔘 7 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi musobaqa va tanlovlarda 790 nafar yoshning ishtiroki ta’minlangani qayd etildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashilib, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3