Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Ko‘p qavatli uylar va bolalar maydonchalari nazoratda: "Shifokor" mahallasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi

Uchrashuvlardan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida mahalla raisi B.Qurbonov ishtirokida “Shifokor” mahallasida bevosita hududga chiqqan holda navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi.

💬Mazkur o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori doirasida ko‘p qavatli uy-joy fondini boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida tashkil etildi. Xususan:

🟢Kirish yo‘laklarining holati: Ko‘p qavatli uylarning podyezdlari (kirish yo‘laklari), ularning sanitariya holati, elektr shitlari va yoritish tizimlarining xavfsizlik talablariga javob berishi;

🟢Bolalar maydonchalari xavfsizligi: Mahalladagi bolalar maydonchalarining bugungi holati, arg‘imchoqlar va o‘yin qurilmalarining sozligi hamda bolajonlarning xavfsiz dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.


📌O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarida va bolalar maydonchalarida aniqlangan bir qator texnik hamdan obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar deputat O.Lapasovaning "murojaat daftari"ga batafsil qayd etildi.

💬"Ko‘p qavatli uylar va bolalar maydonchalari xavfsizlik va ozodalik borasida namunali bo‘lishi shart. Bu yerda yosh bolalarimiz o‘ynaydi, aholimiz yashaydi. Aniqlangan har bir kamchilik yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari hamda mutasaddi idoralar oldiga qat'iy talablar qo'yiladi," — deya ta'kidladi Kengash kotibiyat mudiri A.Ashurov.

🫥Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib olindi.

Slide 1 of 3