35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI👇👇👇
янв.21
#boshqa _masala #Qonun_ijrosi
янв.21
PENSIYA TOʻLOVLARIDAGI OʻZGARISHLAR YUZASIDAN HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI👇👇👇
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda samarali qo‘llash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.
янв.21
“ANORZOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH – BARCHAMIZNING UMUMIY VAZIFAMIZ👇👇👇
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN OBODLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari
янв.21
SINIB QOLGAN DARAXT SHOXI BARTARAF ETILISHI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI👇👇👇
янв.21
“POSIRA” MAHALLASINING OBOD VA ZAMONAVIY QIYOFASI E’TIBOR MARKAZIDA👇👇👇
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_qonun

Deputat tomonidan 24-sonli Oilaviy poliklinikada nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

✅Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, yagona axborot tizimlarini joriy etish hamda aholiga tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Jurayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassis B.Qurbonovlar tomonidan 24-sonli Oilaviy poliklinikada nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅Mazkur jarayon №O‘RQ-528 qonuni doirasida tashkil etildi.

✅O‘rganish davomida:
✅ aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati;
✅ bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati;
✅ ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar atroflicha tahlil qilindi.

✅Shuningdek, poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 13-oktabrdagi 41-son buyrug‘iga muvofiq, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan 87 turdagi bepul dori vositalari fuqarolarga taqdim etilayotgani qayd etildi.

✅Ma’lumotlarga ko‘ra, 24-sonli Oilaviy poliklinika tomonidan 5 406 nafar fuqaroga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

✅Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tibbiyot xodimlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tibbiyot xodimlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3