Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA AVLODLAR UCHRASHUVI – TAJRIBA VA SHIJOAT UYG‘UNLIGI!
янв.21
YUNUSOBOD TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA “YOSHLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN FOTOMUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI …
янв.21
“YUNUSOTA” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
EKOLOGIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK KENGASHI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCH QAHRAMON MAHALLASIDA BUZILGAN OBYEKT HUDUDI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YOSHLAR KUNI”: TUMAN HOKIMI, YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI DEPUTATI A.SAIDALIYEV “OQTEPA” FUTBOL JAMOASI BILAN UCHRASHDI
янв.21
AKBAROBOD MAHALLASIDA QURILISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
#kunlik_ish_reja
#kunlik_ish_reja

XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI
KOTIBIYATI MUDIRI SH. ISAMUTDINOVNING
SHAKSIY KUNLIK ISH REJASI
2026 yil 7 iyul

I. IJRO INTIZOMI VA TASHKILIY MASALALAR (09:00 – 09:30)
Kotibiyat xodimlarining ishga o‘z vaqtida kelishi hamda ijro intizomi holati qat’iy nazorat qilinadi.
Kun davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar aniq belgilab olinadi.
Davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan, jumladan “E-Kengash” axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, ijro uchun mas’ullar kesimida taqsimlanadi.

II. JOYLARDA O‘RGANISH VA MONITORING (09:30 – 12:30)
Kogon shahar “A. Temur” mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda tungi yoritish tizimining amaldagi ahvoli joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganiladi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi qarorlarining joylardagi ijrosi yuzasidan monitoring olib boriladi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq choralar belgilanadi.

III. HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTI (14:00 – 16:00)
Kogon shahar 9-son umumta’lim maktabida qonun hujjatlari hamda Kengash qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holati chuqur tahlil qilinadi.
Huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

IV. TAHLIL VA AXBOROT SIYOSATI (16:00 – 17:30)
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqiladi.
Faoliyat natijalarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tizimli yoritilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.

V. YAKUNIY NATIJADORLIK VA REJALASHTIRISH (17:30 – 18:00)
Kun yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar samaradorlik mezonlari asosida baholanadi.
Haftalik reja ijrosi monitoring qilinib, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilanadi.
Keyingi ish kuni uchun aniq va manzilli ish rejasi shakllantiriladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram |Instagram|Facebook|Youtube| E-kengash