Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#96_qonun #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan Olmazor mahallasida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida dehqon xo‘jaligi asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

Tashrif davomida hokim yordamchisi tavsiyasi asosida fuqaro Berdiyev Akobir nomiga ajratilgan 50 sotix yer maydonida sabzi ekini yetishtirilayotgani hamda yetishtirilgan mahsulotlar mahalliy bozorlarga chiqarilayotgani bilan tanishildi.

Mazkur faoliyat aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish hamda ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3