Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 8-Baxshtepa saylov okrugidan saylangan deputati Raxmatov Fotex Akmalovich tomonidan “Navbahor” mahallasi Yangibog‘ qishlog‘ida elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Unda hududdagi eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash, 28 dona beton tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda 1 200 metr SIP kabel tarmog‘ini tortish zarurligi qayd etilib, mazkur masala yuzasidan Toyloq tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbari Sh.Ikromovga tegishli tartibda murojaat qilindi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook