Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Matluba Aminovaning navbatdagi manzili Charog‘bon mahallasi hududida joylashgan Toyloq dehqon bozori bo‘ldi.
Tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, aholi ehtiyoji uchun zarur mahsulotlarning yetarliligi hamda savdo jarayonlari holati o‘rganildi.
Jarayon davomida savdogarlar bilan muloqot qilinib, go‘sht, yog‘, kartoshka, sabzi, piyoz kabi kundalik iste’mol mahsulotlari narxlarini belgilangan me’yorlardan oshirmaslik, sifat va hamyonboplikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash hamda aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook