Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA AVLODLAR UCHRASHUVI – TAJRIBA VA SHIJOAT UYG‘UNLIGI!
янв.21
YUNUSOBOD TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA “YOSHLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN FOTOMUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI …
янв.21
“YUNUSOTA” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
EKOLOGIYA QO‘MITASI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK KENGASHI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
UCH QAHRAMON MAHALLASIDA BUZILGAN OBYEKT HUDUDI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YOSHLAR KUNI”: TUMAN HOKIMI, YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI DEPUTATI A.SAIDALIYEV “OQTEPA” FUTBOL JAMOASI BILAN UCHRASHDI
янв.21
AKBAROBOD MAHALLASIDA QURILISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Yoshlar kuni munosabati bilan Shirin shahar hokimi, shahar deputati Dilfuza Kambarova tomonidan shaharimiz yoshlari bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Bu galgi uchrashuv Sirdaryo IES korxonasida mehnat qilayotgan yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xususan, yangi barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Muloqot davomida ko‘tarilgan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3