Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova tomonidan Mingchinor mahallasi Ma'naviyat ko‘chasida joylashgan transformator holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Unda transformator atrofidagi himoya to‘sig‘i yaroqsiz holga kelgani, panjaralari ko‘chib yerda yotgani hamda xavfsizlik talablariga javob bermayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mazkur transformator umumta'lim maktabi yaqinida joylashgani, yozgi ta'til davrida o‘quvchilar turli to‘garaklarga qatnayotgani sababli hududda elektr xavfsizligini ta'minlash dolzarb masala ekanligi ta'kidlandi.

Deputat tomonidan tegishli tashkilotdan transformator atrofini zudlik bilan xavfsiz holatga keltirish, himoya panjaralarini ta'mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan belgilangan tartibda ma'lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 1