Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #162_qonun 🗣Masalalar avval joyida o‘rganilmoqda, so‘ng sessiya muhokamasiga olib chiqilmoqda

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Kengash deputati M.Sidiqovaning saylov okrugiga qarashli “Namuna” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬O‘rganishlar davomida mahalladagi Yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan:

🟢Yoshlar yetakchisi faoliyati: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🟢Ijtimoiy xodim faoliyati: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam sifati hamda uning manzilliligi ko‘rib chiqildi.

💬Mas’ullar mahalladagi mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilib, hujjatlar yuritilishi, elektron tizimlardan foydalanish holati va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga baho berdilar. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

🫥Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalarni aniq dalillar va tahlillar asosida ko‘rib chiqish, qabul qilinadigan qarorlar samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2