Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi

Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida "1-Degrez" okrugi deputati Begjanov Ulug'bek Utkurovichning okrugidagi Shofayzbog‘i mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🇺🇿 Unda O‘zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "5-O‘tkir" okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda bosh mutaxassis Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida 15 ta ko‘cha, 4 490 nafar aholi, 518 ta xonadon va 1 125 ta oilani qamrab olgan Shofayzbog‘i mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan 143 nafar xotin-qiz bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarorlari ijrosi doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, energiya resurslarini tejash hamda amaldagi qoidalarga rioya etish masalalari yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔼 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6