Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi

Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan deputat F. G‘ozieva tomonidan 14-Tavois saylov okrugi hududida joylashgan maktab kutubxonalarining faoliyati hamda mavjud sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonalarning kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kutubxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4