O‘rganish davomida o‘rmon fondi yerlarini saqlash, daraxt va butazorlarni muhofaza qilish, noqonuniy daraxt kesilishining oldini olish, ko‘chat ekish ishlari hamda hududning ekologik holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.
Shuningdek, o‘rmon hududlarida biologik xilma-xillikni asrash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud ishlar holati yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, tabiatni muhofaza qilish hamda o‘rmon boyliklarini asrash bo‘yicha qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.