Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari I.Karimova hamda S.Bekmurodovalar hududda aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning salomatligini tiklash, tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, sog‘lig‘ini tiklashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar asosida joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilishi, bu borada mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2