Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
OQTEPA MFYDA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MIRZO ULUG‘BEK” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI DOIRASIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHIL KELAJAK BOLALAR TARBIYASIDAN BOSHLANADI!
янв.21
YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI: MINOR MAHALLASIDAGI YO‘L HOLATI E’TIBORDA
янв.21
YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI
янв.21
YOSH EKOLOGLAR UCHUN MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Joriy yilning 19-iyun kuni deputat qabulida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi bir guruh aholi murojaat qilib, mahalla hududidagi Ibn Sino nomli ko‘chada tomorqa yerlarini sug‘orishda foydalaniladigan ariqlarga suv kelmayotgani sababli ekinlarni sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ma’lum qildi.Murojaatda qayd etilishicha, suv ta’minotidagi ushbu muammo tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ekinlarning qurib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur murojaatni ijobiy hal etish hamda aholini qiynayotgan muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida murojaatda ko‘rsatilgan holatni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda “Navro‘z” mahallasi aholisi tomorqalarini suv bilan ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish so‘ralgan.

Fuqarolarning murojaatlari deputat e’tiborida bo‘lib, ularni qonuniy hal etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1