Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
OQTEPA MFYDA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MIRZO ULUG‘BEK” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI DOIRASIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHIL KELAJAK BOLALAR TARBIYASIDAN BOSHLANADI!
янв.21
YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI: MINOR MAHALLASIDAGI YO‘L HOLATI E’TIBORDA
янв.21
YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI
янв.21
YOSH EKOLOGLAR UCHUN MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Qarayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Nurafshon” mahallasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, profilaktik ko‘riklarning tashkil etilishi hamda surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda doimiy tibbiy nazoratga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatlari yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham ko‘zdan kechirildi.
🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish, ularga sifatli va qulay tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash masalalari doimiy nazoratda bo‘lib, bu boradagi o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6