Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
OQTEPA MFYDA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MIRZO ULUG‘BEK” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI DOIRASIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHIL KELAJAK BOLALAR TARBIYASIDAN BOSHLANADI!
янв.21
YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI: MINOR MAHALLASIDAGI YO‘L HOLATI E’TIBORDA
янв.21
YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI
янв.21
YOSH EKOLOGLAR UCHUN MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI
Doimiy komissiyada maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2025–2026-o‘quv yilida maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Qo‘shoqov tomonidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish, kasb-hunarga yo‘naltirish, abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan:

➡️maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrovi;
➡️ bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlari;
➡️ oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik;
➡️ test sinovlariga tayyorgarlik jarayonlari;
➡️ ota-onalar va bitiruvchilar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari;
➡️ mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Hisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan savollar berilib, bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini yanada oshirish, yoshlarni oliy ma’lumot olishga keng jalb etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4