Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
OQTEPA MFYDA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MIRZO ULUG‘BEK” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI DOIRASIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHIL KELAJAK BOLALAR TARBIYASIDAN BOSHLANADI!
янв.21
YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI: MINOR MAHALLASIDAGI YO‘L HOLATI E’TIBORDA
янв.21
YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI
янв.21
YOSH EKOLOGLAR UCHUN MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI
янв.21
YOSHLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Deputat mahallada DEPUTAT OKRUGIDA: Milliy hunarmandchilik orqali xotin-qizlar uyda o‘tirgan holda ish bilan ta'minlanmoqda

   

DEPUTAT OKRUGIDA: Milliy hunarmandchilik orqali
xotin-qizlar uyda o‘tirgan holda ish bilan ta'minlanmoqda
 

Piskent tumanida azaliy qadriyatlarimizni tiklash,
milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va shu orqali xotin-qizlar bandligini
ta'minlash borasidagi xayrli ishlar deputatlar diqqat markazida.
 

5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati ("Milliy
tiklanish" DP a'zosi) M.Qurbonova hududiga qarashli “Bekobod” mahalla
fuqarolar yig‘inida oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlarining
faoliyati doimiy o‘rganib borilmoqda. Navbatdagi o‘rganish ishlari Xalq
deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan
amalga oshirildi.
 

 Mahallaning
mahoratli hunarmandlari faoliyati ko‘zdan kechirildi: Bekobod mahallasida
o‘zining milliy hunarmandchilik mahsulotlari — ko‘rpa-to‘shak va qovushlar
tikish san'ati bilan nafaqat tumanimizda, balki qo‘shni tumanlarda ham dong
taratgan namunali oila mavjud. Ushbu hunarni uzoq yillardan buyon Shomatova
Mukarram hoji ona hamda uning kelini Oydin opa astoydil davom ettirib
kelishmoqda.
 

 Loyihaning
o‘ziga xosligi va qulayliklari:
 

· Hunarni o‘rgatish
(ustoz-shogird an'anasi): Ushbu chevar oila nafaqat buyurtma asosida mahsulot
tayyorlaydi, balki mahalla dagi ishsiz ayollarga tikuvchilik va hunarmandchilik
sirlarini bepul o‘rgatib kelmoqda.
 

· Kasanachilik (uy
mehnatini tashkil etish): Bu tizim xotin-qizlarga o‘z uylaridan chiqmagan
holda, ro‘zg‘or ishlaridan ajralmasdan daromad topish imkonini bermoqda.
Ayollar tayyor xomashyo va buyurtmalarni o‘z xonadonlariga olib ketib, tikuv
ishlarini bajarmoqdalar.
 

Kengash mutaxassisi va deputat tomonidan milliy
qadriyatlarimizni ardoqlab, xotin-qizlar bandligiga katta hissa qo‘shayotgan
ushbu tadbirkor xonadon vakillariga samimiy minnatdorchilik bildirildi hamda
ularning kelgusi faoliyatini kengaytirish uchun zarur ko‘maklar belgilandi.
 

· Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)  

· Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

  

   

Slide 1 of 3