Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
OQTEPA MFYDA MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MIRZO ULUG‘BEK” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI DOIRASIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHIL KELAJAK BOLALAR TARBIYASIDAN BOSHLANADI!
янв.21
YOSHLARNING TIBBIY BILIMLARINI OSHIRISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI: MINOR MAHALLASIDAGI YO‘L HOLATI E’TIBORDA
янв.21
YOSHLAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI
янв.21
YOSH EKOLOGLAR UCHUN MA’RIFIY EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI
Maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yakkasaroy tumanida maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eldor Tulyakov boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdilar.

💬 Muloqot davomida yoshlar ta’lim olish imkoniyatlari, kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalariga kirish, xorijiy tillarni o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bandlik masalalari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Mutasaddilar tomonidan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

📉 Uchrashuvda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida yoshlar uchun belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan sifatli ta’lim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat bozorida munosib o‘rin topish va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Eldor Tulyakov o‘z so‘zida bugungi bitiruvchilar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchi ekanligini ta’kidlab, yoshlarga vaqtni samarali boshqarish, kitob mutolaasini muntazam yo‘lga qo‘yish, xorijiy tillarni puxta o‘rganish hamda zamonaviy kasblarni egallash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

🤝 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada faollashtirishga xizmat qildi.

💡 Shuningdek, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida yoshlar bandligi, ta’lim sifati, sport infratuzilmasi, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy ishlar samaradorligini o‘rganish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8