Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Xalq deputatlari Farg'ona tuman Kengashi kotibiyati chekka hududdagi 54-sonli MTMda o'rganish o'tkazdi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati chekka hududdagi 54-sonli MTMda o‘rganish o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati O.Dadajonova, tuman Kengashi kotibiyat bosh mutahassisi Sh.Raximov va sektor kotibi bilan birgalikda tumanning chekka hududlaridan biri bo‘lmish Qorayantoq MFY hududida joylashgan 54-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganishlar o‘tkazib, kelajagimiz bo‘lmish bolajonlarga yaratilayotgan sharoitlar, sifatli ta’lim-tarbiya ishlarini mahalla faollari bilan birgalikda tanishdilar.

Bolajonlar bilan suhbat davomida ularning kayfiyatlari va kelajakda qaysi kasb ega bo‘lishlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan qiziqildi.

Bog‘cha mudirasining Sh. Xaydarovaning har bir bolajon bilan individual shug‘ullanishi ham bolajonlarning mudiraga hamda tarbiyachilariga munosabatlarida ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Bolajonlar Jonajon vatanimiz bo‘lmish O‘zbekiston haqida o‘zlari yod olgan qo‘shiq va she’rlarini yoddan aytib berdilar.

O‘rganish davomida bolajonlarimizga yanada yaxshi sharoitlar yaratish yuzasidan tuman mas’ullariga “Deputatlik so‘rovi” kiritish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 1