Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
MIROBOD TUMANIDA TUMANLARARO QIZLARI O‘RTASIDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” MAVZUSIDA INTELLEKTUAL BELLASHUVI O‘TKAZILDI

Kuni kecha Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori
ostida Mirobod va Yakkasaroy tumanlari qizlari o‘rtasida “Siz yangi Qonunni bilasizmi?” mavzusida intellektual bellashuvi o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan "Ayol-jamiyat ko'zgusi" festivali doirasida bo‘lib o‘tmoqda. 

Tadbirda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi 21-Qorasuv saylov okrugi deputati Sh.Saidjabbor va
Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan vakillar ishtirok etib, yoshlarga bugungi jamiyatimizda ayollarni o’rni naqadar yuksak darajada ekkanligini e’tirof etdilar. 

Turnir yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Slide 1 of 9