Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, to'rtinchi sessiyasi 6-dekabr kuni o‘tkaziladi

Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatov bugun, 3-dekabrda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, to'rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi farmoyishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, to'rtinchi sessiyasi 2024-yil 6-dekabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

  • “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning hisoboti; 
  • Samarqand viloyatida pochta aloqasi milliy operatorining infratuzulmasini yanada mustahkamlash loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida; 
  • viloyat hokimining 2024-yil 15-noyabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi 338-7-0-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida; 
  • viloyat hokimining 2024-yil 15-noyabrdagi “Samarqand viloyati mahalliy
    byudjetining 2024-yil xarajatlarini maqbullashtirish va ishlatish to‘g‘risida”gi 339-7-0-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida:
     
  • boshqa masala.  
Slide 1 of 1