Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Mazkur tanlov o‘tkazilishidan asosiy maqsad davlat idoralari, nodavlat sektor hamda fuqarolarimiz tomonidan  ijtimoiy tashabbuslarni dadil ilgari surish hamda amalga oshirilishini yana-da faollashtirish, rag‘batlantirish ekanligi qayd etildi.

Ko‘rik tanlovini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan 12 ta hududda yuqori natijalarga erishgan, jamiyat rivoji yo‘lida tashabbus ko‘rsatgan 50 nafar ishtirokchi orasidan 5 ta quyidagi nominatsiya bo‘yicha I, II, III o‘rinlar aniqlandi.

 “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi” nominatsiyasida 1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, 2-o‘rinni Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va 3-o‘rinni Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlar agentligi Boyovut tumani bo‘limi egalladi.

Bundan tashqari, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” nominatsiyasida 1-o‘rinni Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligi, 2-o‘rinni Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimligi,
3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimligi egalladi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Slide 1 of 6