Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Samarqand viloyati Kengashining birinchi sessiyasi 5 noyabr kuni o‘tkaziladi

Samarqand viloyati Kengashining birinchi sessiyasi 5 noyabr kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 31 oktyabrda qabul qilgan «Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida»gi qarorida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, birinchi sessiyasi 2024 yil 5 noyabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisini saylash to‘g‘risida; 

— xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish haqida; 

— xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash haqida.