Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari
Xurshidjon Ahmedov ishtirok etdi.
 

Sessiyada tuman saylov komissiyasi raisi Maqsudali Xoliqov joriy yil 27 oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotini o‘qib eshittirdi. Sessiyada deputatlar partiya guruhlari ro‘yxatga olinib, tuman kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi tasdiqlandi. 

Sessiya ishida viloyat hokimining Furqat tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov Furqat tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi. 

Furqat tumani hokimi lavozimiga nomzod Asronkulov Elyorbek Madaminovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi. 

Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Deputatlar tomonidan Furqat tumani hokimi lavozimiga Asronkulov Elyorbek Madaminovich nomzodi tasdiqlandi.

Slide 1 of 5