Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Tayinlov Boyqulov Sherpo'lat Mamarayimovich - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Boyqulov Sherpo'lat Mamarayimovich - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sh.Boyqulov 1974-yilda Sherobod tumanida tug'ilgan, ma'lumoti oliy, 1997-yilda Termiz davlat universitetini agroximik-tuproqshunos, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisliklari bo'yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Sherobod tumani “Shabada” kooperativi fotografi vazifasidan boshlab, bir qator rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Jumladan, viloyat hokimligida bo'lim mudiri, guruh rahbari vazifalarini bajargan, keyinchalik, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i, viloyat fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali rahbari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar O'zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2024-yildan buyon viloyat kengashi deputati.

Slide 1 of 1