Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Sariosiyo tumanidagi 4-, 5-sonli umumta’lim maktablarida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorligida faol nuroniylar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

🗣Tadbirda, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.

📌 Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar, noqonuniy diniy ta’lim va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

🙋 Ushbu uchrashuvlar faol savol-javob shaklida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Slide 1 of 1