Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 6-noyabr kuni Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman saylov komissiyasi raisi Avazbek Rasulberdiyev joriy yilning 27-oktabrida xalq deputatlari tuman Kengashiga boʻlib oʻtgan saylov natijalari boʻyicha axborot berdi. 

Sessiyada xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 

Shuningdek, sessiya kun tartibida xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma hamda xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati Nizomi ham tasdiqlab olindi. 

Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari Latibjon Ahmadjonov Jizzax viloyati hokimi tomonidan Yangiobod tumani hokimi lavozimiga Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi. 

Shundan so‘ng tuman hokimligiga nomzod Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqboliga moʻljallangan dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi. Sessiyada Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich Yangiobod tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. 

Slide 1 of 10