Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada dastlab tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Shundan so‘ng deputatlar partiya guruhlari ro‘yxatga olindi, tuman kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Birinchi sessiya ishida viloyat hokimining Vobkent tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Vobkent tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimini qarori o‘qib eshittirildi.

Vobkent tumani hokimi lavozimiga nomzod Umarov Farxod Baqoyevich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

✔️Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Deputatlar tomonidan Vobkent tumani hokimi lavozimiga Umarov Farxod Baqoyevich nomzodi tasdiqlandi.

Slide 1 of 3