Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun, “Bahor” restoranida, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda xalq ta’limi tizimidagi faxriy o‘qituvchilar, ta’lim yetakchilari, ta’lim tizimida tashabbuskor va fidokorona mehnat qilayotgan 250 nafar ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirda Toshkent shahar hokimigi, Mirobod tumani hokimi va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zolari so‘zga chiqib “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sohada uzoq yillardan buyon xizmat qilayotgan ustozlar va faxriylarni tabriklashdi.

Fidoyi, mehnatkash ustozlar Yangi O‘zbekiston yoshlariga nafaqat bilim yetkazishi, balki ular qalbida eng go‘zal insoniy fazilatlarni, mehr-oqibat, insoniylikni singdirishi alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 18