Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Mirobod tumanida “Toshkent shahar prokurori va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Tadbirda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Ulug‘bek Mamarajabov tumandagi ikki yuzdan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Uchrashuvda 2-sektor rahbari, tuman prokurori Bobur Abdullayev, xalq deoutatlari Mirobod tuman Kengash deputati U.Rashidova, tuman hokimi o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov, tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab bo‘limi mudirasi Muxtabar Maraimova, yoshlar еtakchilari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Ulug‘bek Mamarajabov ochib berdi. Prokuror o‘z nutqida mamlakatimizda o‘tgan yillar mobaynida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani xususida so‘z yuritdi. 

Uchrashuvda, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Slide 1 of 6