Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
O‘zLiDeP xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi yorug‘ kelajagini bunyod etishdagi ahamiyati

 O‘zLiDeP xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi yorug‘ kelajagini bunyod etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. O‘zLiDeP saylovoldi dasturida 5 maqsad, 500 vazifa ijrosini o‘z zimmasiga olayotganini ta’kidlandi. 

Targ‘ibot tadbirida aytib o‘tilganidek, O‘zLiDeP keyingi besh yillikda tadbirkorlar sonini 3 million nafardan oshirishni, kambag‘allik ko‘lamini ikki karra qisqartirib, aholini tadbirkorlikka jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb biladi. 

Shuningdek, O‘zLiDeP yoshlar uchun maxsus uy-joylar qurish va har yili mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka kreditlari berishni taklif qilmoqda. Partiyaning bu tashabbusi mamlakatimizda yashayotgan har bir o‘g‘il-qizning vatanli bo‘lishdek ezgu niyati ro‘yobiga xizmat qiladi. Yig‘ilishda partiya saylovoldi dasturidagi boshqa muhim vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi, ishtirokchilar bo‘lajak saylovlarda O‘zLiDeP uchun ovoz berishga chaqirildi. 

Slide 1 of 3