Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Qumqo’rg’on tumanida saylov bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bugun tumanimizdagi uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlar hududiy trenerlar tomonidan tuman, saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan binolarda interaktiv usullarda – ma’ruza, simulyatsiya, saylov jarayonlarini modellashtirish, video-dars, videorolik, saylovga oid savol-javoblar, test shaklida o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlarda aralash saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi mavzular qamrab olingan.

Mashg‘ulotlarda tumanimiz bo‘yicha mavjud 70 ta saylov uchastkasining jami 210 nafar saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar o‘qitilmoqda.

Slide 1 of 1