Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Deputatlar hamda nodavlat, notijorat tashkilotlar vakillari xamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi

Deputatlar hamda nodavlat, notijorat tashkilotlar vakillari xamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi

“Yuksalish” harakati Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi raxbari D.Teshaboyev, O‘zNNTMA Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi S.Muxammadjonovlar xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari bilan xamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni va viloyat hokimining 2024-yil 6-mart kungi 136-11-0-Q/24-son qarori bilan tasdiqlangan hududiy dasturning aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish hamda tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish maqsadlari ijrosi yuzasidan Quva tumanining markaziy shifoxonasi bo‘limlari, Bolalik, Katta Dehqonobod, Qoraqum mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan oilaviy shifokorlik hamda qishloq vrachlik punktlarida jamoatchilik monitoringi, o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Monitoring davomida jamoatchilik vakillari joylarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiy muassasalarda aholi uchun belgilangan 120 turdagi bepul dori-darmonlarning mavjudligi, ularning maqsadli sarflanishi, shifokor va boshqa tibbiy xodimlarga yaratilgan sharoitlar va boshqa bir qator savollarga javoblar oldilar va shu o‘rinda tibbiy muassasalar raxbarlariga soha bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatishga doir tavsiyalar berdilar. 

Slide 1 of 7