Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Iqtidorli yoshlar saralanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-81-sonli Farmoni hamda 2022 yil 15 iyundagi PQ-279-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga hujjat topshirgan abiturientlardan kasbiy (Ijodiy) imtihonlar olish tartibi joriy qilindi.

❇Kasbiy imtihonlarning shaffof, ob’ektiv o‘tishini ta’minlash yuzasidan, jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari ham jalb etildi.

Deputatlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Dizayn turi bo‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abiturientlardan kasbiy (Ijodiy) imtihonlarni oluvchi ishchi guruhida qatnashmoqda.

✳Mazkur ta’lim maskanida ijodiy imtihonlarning yuqori tarzda o‘tishini ta’minlash uchun, abiturientlar va ularning ota-onalariga mukammal sharoitlar yaratilgan. Jarayon to‘liq onlayn rejimida namoyish etilmoqda.

Slide 1 of 6