Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”

   

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi bayram festivali bo‘lib o‘tmoqda. Avtomobil zavodi yaqinidagi maydondan tuman markazi tomon harakatlanadigan
“Salomatlik uchun 5 ming qadam” piyoda yurish marafonida ishtirok etish maqsadida 6 ming nafardan ortiq yurtdoshlarimiz yig‘ilgan. Ushbu tadbir doirasida xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Avtomobil zavodi yaqinidagi maydondan tuman markazi tomon harakatlangan ishtirokchilar markaziy o‘yingohda jam bo‘ldi. Ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi. Festival doirasida turli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazilmoqda. umladan, tuman sport maktabida kamondan o‘q otish bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Boks, karate va milliy kurash bo‘yicha bellashuv esa iqtidorli yoshlar uchun o‘zini namoyon etish imkonini bermoqda. Bolalar musiqa va san’at maktabida raqs hamda rassomchilik tanloviga start berildi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi fitobar, axborot-kutubxona markazining kitoblar ko‘rgazmasi ham yoshlarni qiziqtirgan markazlardan bo‘ldi.  

Slide 1 of 10