Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-iyun 19-Nodira saylov okrugi deputati Murodov Yusup Xamroyevich o‘z saylov okruglarida joylashgan mahallalarda bo‘lib, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Okrug hududida aholi muammolarini hal etish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar yakunida hamkorlikda amalga oshirish kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3