Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Deputatlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z okruglaridagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilib, “mahalla yettiligi” bilan fuqarolar qabullari tashkil etilmoqda.

️Jumladan, tuman Kengashi deputatlari Asqar Baxramov, Shuhrat Ergashov va Xalq qabulxonasi mudiri G‘ofurjon Karaboyevlar tomonidan “Markaziy”mahallasida mahalla yettiligi va tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda sayyor qabul o‘tkazildi. 

️Fuqarolar qabulida ko‘tarilgan masalalar ro‘yxati shakllantirilib, atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida aholi murojaatlarining aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

️Shuningdek, tuman Kengashi deputatlari o‘zlari biriktirilgan mahallalarda chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolarga qulay sharoit yaratish hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni reintegratsiya qilish ishlarining holati o‘rganilib, nazorat qilinmoqda, bu borada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

️O‘rganish va aholi bilan muloqot natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolar va shakllantirilgan takliflar “mahalla yettiligi” bilan umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 1