Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
DEPUTAT VA «MAHALLA YETTILIGI»

 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samaralai ta’minlash hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini tashkil etish chora –tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosi o‘laroq, aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi,
xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularning vazifalari belgilab berildi.
 

Deputat va «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Senatining hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi deputati Musallam Rahmatova o‘zi saylangan okrug mahallalarida bo‘ldi. "Sarvar", "Kallon" va "Tavariyon" mahallalari «mahalla yettiligi» bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahallalarda aniqlangan holatlar bo‘yicha mutassadilarga kerakli tavsiyalarni berdi. 

Slide 1 of 1