Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
"Yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi ezgu harakatlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi, Toshloq tuman partiya tashkiloti hamkorligida Toshloq tumanidagi Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida bilim yurti talabalari hamda tuman sanitariya va epedemilogiya sanirariya nazorat markazi xodimlari ishtirokida "Yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi ezgu harakatlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Ekologik partiya Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Sh Karichayev, Toshloq tuman kengashi deputati R.Matqulov, so‘zga chiqib, yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritishdi.

Bu borada yoshlarning Ekopartiya safida birlashib, ekologik loyihalarni amalga oshirishi, atrof-muhit musaffoligini ta'minlash, ona tabiatni asrashga bo‘lgan ezgu ishlarni yuksak bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lishi ta'kidlandi.

Tadbir davomida mazkur texnikum yoshlari ishtirokida yoshlar eko klubi tashkil etildi va faoliyatlarida zafarlar tilandi.

Slide 1 of 5