Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
XALQ BILAN HAMNAFASLIK

 Joriy yilning 19-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oltinoy Mamirova, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar raislaridan iborat ishchi guruh tumandagi Do‘stlik, Ko‘tarma, Ibrat, Qalambek,Beshkaram, Xasanqovoq mahallalarida bo‘ldilar.  

Deputatlar xonadonlarda issiqxonalar,chorvachilik, tomorqa xo‘jaligi, parrandachilik,quyonchilik, qo‘ziqorin yetishtirish kabi qo‘shimcha daromad keltiruvchi yo‘nalishlar bilan shug‘illanayotgan aholi vakillari bilan muloqatda bo‘ldilar. Xududlardagi ishlab chiqarish korxonalarida
ishlayotgan xotin qizlar bilan muloqatda bo‘ldilar. 

Shuningdek deputat O.Mamirova Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan yangidan yangi, eng muhimi xalqimiz taraqqiyoti, farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan qarorlar, qonunlar xususida gapirdi. 

Mahalla yettiligi tizimining afzalliklari haqida suhbatlar bo‘ldi. Aholi endilikda imtiyozli kreditlarni olishda hokim yordamchilarining ko‘magidan xursandligini bildirdilar. 

 Deputatlar yakka yolg‘iz, kasal yotgan ayollar xonadonlarida ham bo‘ldilar. Hulosa o‘rnida bugun deputatlar xalq bilan hamnafaslikda faoliyat o‘tamoqdalar.  

Slide 1 of 16